Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Poytaxtning ba’zi ko‘chalarida harakat cheklanishi e’lon qilindi

Poytaxtning ba’zi ko‘chalarida harakat cheklanishi e’lon qilindi

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, ayrim ko‘chalarda ta’mirlash ishlari sabab harakat cheklanadi. 

6-iyul soat 14:00 dan boshlab ikki sutka davomida quyidagi manzilgohlarida yo‘l ta’mirlash ishlari olib boriladi:

1. Abay ko‘chasining Alisher Navoiy ko‘chasidan Zulfiyaxonim ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

2. Abdulla Qodiriy ko‘chasining Abay ko‘chasidan Zarqaynar va Sag‘bon ko‘chalari kesishmasidagi aylanma yo‘lgacha bo‘lgan qismi.

Bu jarayonda mazkur yo‘nalishlarda yo‘l qatnov qismining faqat bitta chizig‘i avtomobillar harakatlanishi uchun ochiq bo‘ladi.

Tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga aylanma yo‘llar orqali harakatlanish tavsiya etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring