Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Paxta qabul punktidagi «uddaburonlik» Surxondaryoda bo‘lgani rad etildi

Paxta qabul punktidagi «uddaburonlik» Surxondaryoda bo‘lgani rad etildi

Foto: Videolavhadan skrinshot

2019-yilning 7-oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Surxondaryolik fermerlar paxta rejasini bajarish bo‘yicha «uddaburonlik» qildilar. Qabul punktiga kelgan pritsepdagi paxta ichidan 10 kishi chiqdi» izohi bilan videolavha tarqaldi.

Surxondaryo viloyati hokimligi ushbu xabarga rasmiy munosabat bildirdi.

«Videolavhada namoyish etilgan holat bugunning o‘zida tezkorlik bilan o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida mavsum boshidan buyon viloyatdagi mavjud paxta qabul qilish punktlarining birortasida  tirkamasi (pritsepi) raqami 4512 bo‘lgan traktor qabul qilinganligi, traktorlar pritsepida ortilgan paxta ichidan odam tushib kelishi holatlari aniqlanmadi.

Ushbuni inobatga olib, viloyat hokimligi videolavhada aks etgan holat Surxondaryoda bo‘lganligini qat’iy rad etadi», deyiladi hokimlik munosabatida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring