Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zgidromet» Toshkent havosining ifloslanish darajasi haqida ma’lumot berdi

«O‘zgidromet» Toshkent havosining ifloslanish darajasi haqida ma’lumot berdi

Foto: «Xabar.uz»

«O‘zgidromet» poytaxtda havoning ifloslanish darajasi haqida ma’lumot  berdi.

19-may va 20-may tongida Toshkent shahridagi meteorologik sharoitlar shaharning havo muhitida zararli moddalarning bir oz tarqalishiga imkoniyat yaratdi.

Ruxsat etilgan me’yor (REM)dan yuqori bir kecha-kunduzlik konsentratsiyalar soni umumiy kuzatishlar soniga nisbatan 8 foizni tashkil etdi, bu esa atmosfera ifloslanishining past darajasiga mos keladi.

Nazoratdagi zararli moddalar konsentratsiyasining o‘rtacha miqdori 19-mayda quyidagicha bo‘ldi: chang – 0,1; uglerod oksidi – 0,8; oltingugurt dioksidi – 0,0; azot dioksidi – 0,8; ammiak – 0,3 REM o.q.

22-may va 23-may tongida Toshkent shahrining ob-havo sharoiti uning havo muhitida zararli moddalarning bir oz yig‘ilishiga imkoniyat yaratadi. Ifloslanish darajasi past bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring