Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zbeklarga qoyil qoldim». Aris shahridan evakuatsiya qilingan qozoq yigiti hayratda qoldi

«O‘zbeklarga qoyil qoldim». Aris shahridan evakuatsiya qilingan qozoq yigiti hayratda qoldi

Foto: «TobolInfo»

Kecha, 24 iyun kuni Qozog‘iston Respublikasi Turkiston viloyatining Aris shahrida favqulodda vaziyat sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Bu shaharda yashaydigan 40 000 aholi Chimkent bilan Turkiston shaharlariga evakuatsiya qilindi. Bu shaharlarda azaldan ko‘plab mahalliy o‘zbeklar yashab kelishadi.

Chimkent shahridagi evakuatsiya jarayonlarini o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, voqealar guvohi bo‘lgan bir qozoq yigitining WhatsApp messenjeridagi guruhda do‘stlariga yo‘llagan mahalliy o‘zbeklar haqidagi munosabatini «Feysbuk» tarmog‘i foydalanuvchisi Dilnur Komilov havola qildi:

«Hoy yigitlar! Bu yerda endi millatchilik qilmaylik. O‘zbeklarga men qoyil qoldim. Ishonasizlarmi, bittasi to‘yxonasini bo‘shatib beryapti, ko‘rpa-to‘shak, hamma narsasi bilan. Yana bittasi «Yegulik va mahsulotlaring aynib qolmasin, shu fura (muzlatgich mashina)da tursin narsalaring, mashina 3 kun o‘chirilmaydi» deb Fura mashinasini olib kelib qo‘ydi. Tasavvur qilyapsizmi?», deydi qozoq yigiti.

— Bu yerda ommaviy ravishda faol amaliy yordamlarini berayotganlarning hammasi o‘zbeklarku... — davom ettiradi u. — Bu yerdagi aholining, qo‘pol gap aytmay qo‘ya qolayku, shunchaki ermak qilib, tomosha ko‘rib, tasvirga tushirishga kelganlarning ko‘pchiligi asosan o‘zimiznikilar. O‘zbeklarga men qoyil qoldim, bunchalik kutmagandim. Ayollari kelib: «Yuringlar, uyimga 30 kishi sig‘adi» deydi. Boshqa biri kelib: «Yuringlar, menikiga 20 kishi sig‘adi» deydi. Ofarin.

Qarab tursanglar (guvoh bo‘lib demoqchi) ular mahsulotlarni davomli tashib, bu yerga olib kelishyapti. Qozoqlar ham olib kelishyapti, gap yo‘q, ammo... O‘zbeklar haqiqatda saxiylik, insonparvarlik ko‘rsatishmoqda. Ming rozi bo‘ldim.

Bir kishining uyiga 100 odam sig‘ar ekan. Shaxsan menga aytdiki: «Mening 2ta uyim bor. Ikkalasiniyam bo‘shatib qo‘ydim, 100 kishini bemalol sig‘dira olaman, yegulik-ichimliklarni hammasini g‘amlab, tashkillashtirib qo‘yganman», — degan qozoq yigiti o‘z hayratini yashira olmay.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring