Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik vakil ilk bor BMTning yoshlar sessiyasiga taklif etildi

O‘zbekistonlik vakil ilk bor BMTning yoshlar sessiyasiga taklif etildi

1-mart kuni AQShning Nyu York shahrida BMTning navbatdagi «Future We Want» sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu sessiyaga butun dunyodan 250 ga yaqin iqtidorli va yetakchilik qobiliyati ega yosh ishtirokchilar taklif qilindi.

E’tiborli jihati, yilgi yig‘ilishga O‘zbekistondan birinchi marotaba vakil taklif qilindi. Hozirgi kunda Ispaniyaning Barselona shahridagi «European Business School» oliygohi talabasi Doniyor Qoriyev  O‘zbekiston vakili bo‘lib sessiyada ishtirok etdi.

Ochilish marosimi BMTning Bosh assambleya majlislar zalida bo‘lib o‘tdi va unda BMT bosh kotibi Antoniu Gutterish ishtirokchilarni qutladi.

Marosim davomida turli davlat Tashqi ishlar vazirlari, diplomatik korpus vakillari, BMT bo‘lim boshliqlari va ishtirokchilar nutq so‘zladi.

O‘zbekiston vakili Doniyor Qoriyev Bosh Assambleya minbaridan turib ochilish marosimida yig‘ilganlarga nutq so‘zladi. Sessiya davomida global muammolar haqida so‘z yuritildi. Xususan, bu yilgi yig‘ilish jinoyatlarni oldini olish va kiber-jinoyatlarga qarshi kurashish mavzusida bo‘ldi.

Yig‘ilishning so‘nggi kunida Doniyor Qoriyev sessiya mavzusi yuzasidan nutq so‘zladi. Sessiya yakuni bo‘yicha kelasi rejalar tuzildi va rezolyusiyalar tasdiqlandi. O‘zbekiston vakili Doniyor Qoriyev 2020-yil Moskva, Milan va Tokio shaharlarida bo‘lib o‘tadigan BMTning navbatdagi sessiyalariga taklif qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring