Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda Antikorrupsiya haftaligi o‘tkaziladi

O‘zbekistonda Antikorrupsiya haftaligi o‘tkaziladi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni hisoblanadi. Bu kunni yurtimizda keng nishonlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, tegishli vazirlik va idoralar hamda xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda noyabr–dekabr oylari davomida Antikorrupsiya haftaligi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Haftalik doirasida bugungi kunda O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mahalliy va xalqaro ekspertlarning fikr va takliflarini o‘rganish, shuningdek istiqboldagi dolzarb vazifalar va tendensiyalarni muhokama qilishga qaratilgan xalqaro va mintaqaviy anjumanlar tashkil etiladi.

Bundan tashqari, vazirlik va idoralarda OAV va keng jamoatchilik vakillari uchun ochiq eshiklar kuni, yoshlar ishtirokida ijtimoiy so‘rov va aksiyalar, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashishni targ‘ib etishga qaratilgan tanlovlar o‘tkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring