Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Xitoyga gumanitar yordam jo‘natdi

O‘zbekiston Xitoyga gumanitar yordam jo‘natdi

Foto:«Novosti Tashkentskogo Neba»

Xitoy Xalq Respublikasiga insonparvarlik yordamini yuborish to‘g‘risida prezident farmoyishi qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi. 

Farmoyishga ko‘ra, koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish yuzasidan Xitoy tomonining sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida XXRga quyidagi tibbiy buyumlar shaklida insonparvarlik yordami yuborilmoqda:

- bir martalik steril tibbiy qo‘lqoplar;
- himoya qiluvchi kombinezon;
- yuz uchun filtrlovchi niqob;
- maxsus tibbiy forma;
- tibbiy niqoblar;
- tibbiy doka.

Insonparvarlik yukini kuzatib borish va topshirish uchun XXRga sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari boshchiligida O‘zbekiston delegatsiyasi yuborildi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi insonparvarlik yuki shakllantirilishi va yetkazib berilishi uchun mas’ul etib belgilandi.

Insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasini tayyorlash maqsadida «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi respublika to‘qimachilik korxonalarida tibbiy niqoblar va himoya kiyimlari tayyorlanishini ta’minlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring