Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston TIV koronavirus sabab aholini ogohlantirdi

O‘zbekiston TIV koronavirus sabab aholini ogohlantirdi

Foto: «azh.kz»

Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonning xorijda bo‘lib turgan yoki chet el davlatlariga borishni rejalashtirayotgan fuqarolarni ogohlantirdi.

«O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalari va konsullik muassasalari bergan ma’lumotga ko‘ra, so‘nggi kunlarda dunyoning qator davlatlarida COVID-19 koronavirusining tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatning og‘irlashgani kuzatilmoqda.

Xitoy Xalq Respublikasi bilan bir qatorda Koreya Respublikasi, Yaponiya, Eron, Italiya va ba’zi boshqa davlatlarda bemorlar soni ortmoqda.

Xizmat, turizm va boshqa maqsadlarda xorijga chiqishni rejalashtirayotgan hamyurtlarimiz safardan oldin sog‘liklari uchun tahdidlarni diqqat bilan o‘ylab ko‘rishlari, mamlakatdagi epidemiologik holatni o‘rganishlari va safar chog‘ida shaxsiy gigiena qoidalariga qat’iy rioya qilishlari, jamoaviy tadbirlarda ishtirok etishdan tiyilishlari, odamlar to‘planadigan joylarda barcha ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari zarur», deyiladi TIV xabarida.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda TIV xorijda, jumladan koronavirus bilan og‘rigan bemorlar aniqlangan davlatlar hududida bo‘lib turgan mamlakatimiz fuqarolariga zarur holatlarda O‘zbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatxonalariga murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring