Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston tibbiyot sohasi og‘ir judolikka uchradi

O‘zbekiston tibbiyot sohasi og‘ir judolikka uchradi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Toshkent davlat stomatologiya instituti yuz-jag‘ jarrohligi kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor Abdubori Jilonov vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Abdubori Jilonov 1957-yil 20-sentyabr Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. O‘rta maktabni oltin medalga tamomlagach, 1975-yil Toshkent davlat tibbiyot institutining stomatologiya fakultetiga o‘qishga kiradi. 1980-yil qizil diplom bilan institutni tamomlab, 1982-yil Moskva markaziy stomatologiya ilmiy-tekshirish institutiga aspirant sifatida qabul qilinadi va shu yerda dastlab tibbiyot fanlari nomzodini dissertatsiyasini, keyinchalik Birinchi Toshkent davlat tibbiyot institutida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Uning ilmiy ishi, asosan, yuz-jag‘ jarrohligi sohasiga bag‘ishlangan bo‘lib O‘zbekistonda tibbiyot sohasidagi yangi usul, ya’ni professor V. Bezrukov bilan «Pastki jag‘ tojsimon o‘sig‘ining yuqori sinishi va uning jarrohlik davolash usuli»ning asoschilari. Hozirgi kunda ushbu usul yuz-jag‘ jarrohligi sohasida amalda va bir necha o‘quv kitoblarda keng qo‘llanilib kelinadi. Ayniqsa, mamlakatda yuz-jag‘ jarrohlik sohasida davolash xizmatini tashkil etish, mazkur sohadagi samarali ilmiy ishlanmalari bilan fidokorona mehnat qilib, o‘zining ilmiy izlanishlari, rahbarlik mahorati, katta bilim va tajribasi, amaliy tashabbuslari bilan keng jamoatchilik o‘rtasida yuksak hurmat e’tibor qozongan.

Jonkuyar ustoz ko‘plab yoshlarga saboq bergan, ilm-fan fidoyisining bevosita rahbarligida o‘nlab fan nomzodlari va fan doktorlari yetishib chiqqan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring