Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston va Qirg‘iziston chigirtkaga qarshi birga kurashadi (foto)

O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston va Qirg‘iziston chigirtkaga qarshi birga kurashadi (foto)

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan zararli chigirtkalar kirib kelishining oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha qator tadbirlar tashkil etilmoqda. Xususan, joriy yilda zararli chigirtkalarni respublikamiz hududiga kirib kelishini oldini olish uchun joylarda 597,9 ming gektarda kimyoviy ishlov o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shuni alohida qayd etish joizki, bugungi kunda respublika bo‘yicha zararli chigirtkalarni 327,4 ming gektar maydonda tarqalganligi aniqlanib, 309,6 ming gektar maydonda kimyoviy ishlovlar o‘tkazildi. Shuningdek, mahalliy budjetdan ajratilgan mablag‘lar hisobidan bugungi kungacha zararli chigirtkalarga qarshi 397 ming gektar maydonda ishlovlarni o‘tkazishni ta’minlaydigan kimyoviy vositalar zaxirasi yaratilgan.

Ushbu tadbirlarga 500 dan ortiq maxsus texnikalar va 700 nafardan ortiq ishchilar jalb qilingan.

Yana bir muhim jihat bu kabi ezgu amallar qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Jumladan Qozog‘iston, Turkmaniston hamda Qirg‘iziston shular jumlasidandir. Hozirgi kunda mazkur tadbirlar jadal tarzda olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring