Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasidagi o‘tkazish punktlaridan biri vaqtincha yopiladi

O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasidagi o‘tkazish punktlaridan biri vaqtincha yopiladi

Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchixonasi rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, respublikaning O‘zbekiston bilan chegarada joylashgan «B.Konisbayev» chegara o‘tkazish punktida qayta qurish va kengaytirish ishlari olib borilishi munosabati bilan, 2019-yilning 1-noyabridan boshlab mazkur chegara o‘tkazish punktida piyoda ravishda harakatlanayotgan jismoniy shaxslar, yengil avtotransport va 3,5 tonnagacha yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan yuk avtotransport vositalarining harakati 2020-yilning 1 yarmiga qadar to‘xtatilishi bildirilgan.

Shu munosabat bilan Davlat bojxona qo‘mitasi tovar hamda transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib o‘tuvchi tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, tashuvchilar, yengil avtotransport vositalari haydovchilari va piyoda ravishda harakatlanuvchi jismoniy shaxslarga vaqtlarini tejash, sarf-xarajatlarning oldini olish maqsadida o‘zbek-qozoq chegarasida joylashgan boshqa muqobil o‘tkazish punktlari orqali harakatlanishlari mumkinligini ma’lum qilgan.

Qozog‘istonning «B.Konisbayev» chegara o‘tkazish punkti Toshkent viloyati Chinoz «Yallama» chegara o‘tkazish punktiga tutash hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring