Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekiston» mehmonxonasini sotib olishga talabgor topildi

«O‘zbekiston» mehmonxonasini sotib olishga talabgor topildi

Quvaytning «Alshaya Group» kompaniyasi yaqinda sotuvga qo‘yilgani ma’lum qilingan «O‘zbekiston» mehmonxonasini sotib olishi mumkin. Bu haqd «Repost» xabar bermoqda.

14-fevral kuni «Alshaya Group» rahbariyati ijrochi direktor Muhammad al-Shaya boshchiligda O‘zbekistonga keldi. Mazkur uchrashuv Investitsiya va tashqi savdo vazirligida tashkil etilgan.

«Alshaya Group» o‘tgan asrning 80-yillarida asos solingan yirik kompaniya sanalib, Yaqin Sharq, Afrika, Rossiya va Turkiya, Yevropada 90 dan ortiq brendlarda savdo ishlarini yo‘lga qo‘ygan.

Ma’lumot uchun: «O‘zbekiston» mehmonxonasi Toshkentning eng mashhur mehmonxonalaridan biri. U 1974-yilda, shaharning qoq markazida qurilgan. Mehmonxona oynalaridan Amir Temur xiyoboni ko‘rinib turadi. Ko‘p qavatli mehmonxona yer qimirlashiga chidamli bo‘lishi uchun yarim aylana shaklida loyihalashtirilgan. Uning boshlang‘ich bahosi 33 million AQSh dollari etib belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring