Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida yuqorilab, 156-o‘ringa chiqdi

O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida yuqorilab, 156-o‘ringa chiqdi

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekiston «Reporters Without Borders» (Chegara bilmas muxbirlar) tashkilotining matbuot erkinligi reytingida o‘z reytingini 4 taga yaxshilab, 180 davlat orasida 156-o‘rinni egalladi.

Tashkilot tomonidan OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tish osonlashtirilgani e’tirof etilgan. Jonli siyosiy ko‘rsatuvlar paydo bo‘lganligi va ba’zi jurnalistlar bugungi kunda korrupsiya va majburiy mehnat kabi nozik mavzularni yoritayotgani ham nazardan chetda qolmagan.

O‘zbekistonning xorijlik jurnalistlarga eshik ochgani ham aytilgan, biroq ba’zi xorijiy nashrlarga kirish bo‘yicha hali ham qiyinchiliklar borligi tanqid qilingan.

Reyting bo‘yicha Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari quyidagicha natija qayd etgan:

-Qirg‘iziston - 82-o‘rin
-Qozog‘iston - 157-o‘rin
-Tojikiston 161-o‘rin
-Turkmaniston - 179-o‘rin

Norvegiya reyting yetakchiligini boy bermadi. Finlyandiya ikkinchi, Daniya esa uchinchi o‘rinni egalladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring