Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston – Italiya: ichki ishlar xodimlarini tayyorlashda hamkorlik qilinadi

O‘zbekiston – Italiya: ichki ishlar xodimlarini tayyorlashda hamkorlik qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Xalqaro hamkorlik Italiyaning mamlakatimizdagi elchixonasi mas’ul xodimi Federiko Kuatrini bilan Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda mazkur davlatdagi turdosh ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni mustahkamlash, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish kurslari va stajirovkalarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida elchixonaning bugungi kunda respublikamizda amalga oshirayotgan loyihalari, shu jumladan Ichki ishlar vazirligi tizimi uchun ko‘rsatayotgan yordami e’tirof etilib, tomonlar kelgusi hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring