Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston imijini targ‘ib qiluvchi ilmiy tadqiqotlarga grantlar ajratiladi

O‘zbekiston imijini targ‘ib qiluvchi ilmiy tadqiqotlarga grantlar ajratiladi

Mamlakatimiz ijobiy imijini targ‘ib qilish sohasidagi ilmiy tadqiqotlarga grantlar ajratiladi. Bu “O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imijini mustahkamlash konsepsiyasi to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasida ko‘zda tutilgan.

Hujjatga ko‘ra, chet elda tahsil olayotgan talabalar, vatandoshlar va boshqa manfaatdor tomonlar O‘zbekistonning xalqaro obro‘sini mustahkamlash va rivojlantirish ishlaridagi faolligi uchun davlat grantlari berilishi mumkin.

Shuningdek, “Imijelogiya”, “Jamoatchilikka yo‘naltirilgan diplomatiya”, “Mamlakat brendi” kabi ixtisoslashtirilgan dasturlar va fanlar xodimlarning malakasini oshirish kurslari va oliy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlariga joriy etiladi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imijini targ‘ib qilish uchun xalq diplomatiyasi vositalarini rivojlantirish maqsadida, Alisher Navoiy nomidagi Madaniyat markazi va Tashqi ishlar vazirligi tarkibida xalq diplomatiyasi bo‘limi faoliyati tashkil etiladi.

Shu bilan birga, 2020 yilda “O‘zbekiston brendli tovarlarini ishlab chiqarish uchun virtual turlar” portali hamda “O‘zbekiston: dalillar va raqamlar” saytini yaratish ham belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring