Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston ilm-fani og‘ir judolikka uchradi

O‘zbekiston ilm-fani og‘ir judolikka uchradi

O‘zR FA Tarix institutining ma’lum qilishicha, 2-avgust (dushanba) kuni professor Dono Hamidovna Ziyoyeva vafot etdi.

D.Ziyoyeva ilmiy faoliyatini 1983-yil Tarix institutida kichik ilmiy xodimlikdan boshlab, institutning ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari (2000-2005), «XIX-XX asr tarixi» bo‘limi mudiri (1998-yildan hozirgacha) kabi mas’uliyatli lavozimlarda xizmat qilib kelgan. Olima 1990-yil «Turkistonda XIX-XX asr boshidagi milliy ozodlik harakati tarixshunosligi» mavzusida nomzodlik, 1999-yil «1917-1924-yillarda Turkistondagi milliy-ozodlik harakatlari XX asr tarixshunosligida» mavzularida doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Olima rahbarligida «O‘zbekiston tarixi»ning V jildi, «O‘zbekiston tarixi xrestomatiyasi»ning IV jildi va boshqa qator to‘plamlar nashr etilgan.

Xabar.uz sayti Dono Ziyoyevaning oila-a’zolari va barcha yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring