Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Fuqarolik olmoqchi bo‘lganlar davlat tilini yetarli darajada bilishi kerak bo‘ladi

Fuqarolik olmoqchi bo‘lganlar davlat tilini yetarli darajada bilishi kerak bo‘ladi

Foto:«Xabar.uz»

IIV rasmiylari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumani xususida xabar bergan edik. 

Unda vazirlikning Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari  Nodir Ziyayev yangi tayyorlanayotgan «O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risidagi» qonun loyihasi xususida ma’lumot berib o‘tdi. 

Ma’lum qilinishicha, ushbu qonunni yaratish zaruriyati bir qancha sabablar tufayli yuzaga kelgan. 

Masalan, fuqarolikka kirish sharti sifatida davlat tilini muloqot uchun yetarli darajada bilish bo‘yicha talablar kiritilmoqda. 

Shuningdek loyihada:

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga oid iltimosnomalar bo‘yicha ish yurituvchini to‘xtatib turish, tugatishning aniq asoslari belgilab berilmoqda;
  • 1995-yil 1-yanvarga qadar doimiy ro‘yxatdan o‘tgan, xorijiy davlat fuqaroligini olmagan hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasiga ega bo‘lganlarni O‘zbekiston fuqarosi sifatida tan olinadi;
  • O‘zbekiston fuqaroligini yo‘qotishga sabab bo‘ladigan sabablarsiz konsullik hisobida turmaslik muddati uch yildan yetti yilga uzaytirilmoqda;
  • O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilishning  umumiy, soddalashtirilgan alohida tartibi joriy etilmoqda;
  • O‘zbekiston fuqaroligi masalalarini ko‘rib chiqishda idoralararo elektron hamkorlik mexanizmlari ko‘rib chiqilmoqda;
  • Fuqarolikka oid iltimosnomalar bo‘yicha ish yurituvini to‘xtatib turish, tugatishning aniq asoslari belgilab berilmoqda. 

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring