Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston fuqarolarini Koreyaga ishga yuborish noma’lum muddatga qoldirildi

O‘zbekiston fuqarolarini Koreyaga ishga yuborish noma’lum muddatga qoldirildi

O‘zbekiston fuqarolarining Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborilishi noma’lum muddatga qoldirildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning mart-oylarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolarning Koreya Respublikasiga yuborilishi rejalashtirgan, buning uchun Koreya Respublikasi ish beruvchilari tomonidan shartnoma loyihalari va viza tasdiqnomalari berilgan.

Ammo koronavirus infeksiyasining kirib kelganligi bois O‘zbekiston hududida karantin e’lon qilingan va hukumat Maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq dunyoning barcha davlatlari bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi xalqaro avia, temir yo‘l va avtobus aloqalari, chegara o‘tkazish punktlarida harakat taqiqlangan.

Aynan shuning uchun shartnoma loyihalari kelgan O‘zbekiston fuqarolarini Koreya Respublikasiga mehnat faoliyatini olib borish uchun yuborilishi noma’lum muddatga qoldirilgan.

Epidemiologik vaziyatning barqarorlashishi bilan O‘zbekiston fuqarolari Koreya Respublikasiga yuborilishi Agentlik hamda mutasaddi tashkilotlar tomonidan nazoratga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring