Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston bo‘ylab beg‘araz donorlik aksiyasi o‘tkaziladi

O‘zbekiston bo‘ylab beg‘araz donorlik aksiyasi o‘tkaziladi

Ko‘plab talab va istaklarga binoan O‘zbekiston «Adolat» SDP beg‘araz donorlik aksiyasini davom ettiradi. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar berdi.

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan 11-iyun kuni soat 9:00dan 17:00 ga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlaridagi ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonalarida hamda Toshkent shahridagi Toshkent shahridagi Respublika qon quyish markazida, beg‘araz donorlik aksiyasi o‘tkaziladi.

«Bor mehrimiz senga, bolajon» shiori ostida o‘tkazilayotgan tadbirni tashkil etishdan maqsad tibbiy-ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, insonlarni ko‘ngilli ravishda qon topshirishga chaqirish orqali bemorlarning hayotini saqlab qolish, jamiyatda insonparvarlik va mehr-oqibat g‘oyalarini keng targ‘ib qilishga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil 1-iyun hamda 3-6 dekabr kunlari barcha hududlarda xuddi shunday beg‘araz donorlik aksiyasi o‘tkazilgan edi.

Natijada:

  • Aksiyada respublika bo‘yicha 1498 nafar xayrixoh ishtirok etdi;
  • Ulardan 398000 gramm qon to‘plandi;
  • Ushbu qonlar yuzlab bolajonlarimizga madad bo‘ldi.

Donorlik tartibi bo‘yicha eslatma:

  • 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar fuqarolik pasporti bilan ishtirok etishi;
  • 1 kun avval achchiq, sho‘r mahsulotlar, spirtli va gazli yaxna ichimliklar iste’mol qilmasligi;
  • Donor bo‘ladigan kun ertalabki nonushtada tuxum, yog‘ va sut iste’mol qilmasligi;
  • Donor so‘nggi 6 oy ichida chet elda bo‘lmagan bo‘lishi lozim;
  • Sariq kasalga chalinmaganligi va «D» ro‘yxatda turmasligi talab etiladi.
  • Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
  • adolat.uz
  • 288 46 54 (117,116)
  • +99893 394 67 60
  • [email protected]
  • com/sdpu.adolat/
  • me/adolat_uz/
  • com/adolat_sdp/
  • com/AdolatSDP
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring