Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston armiyasida yangi harbiy unvonlar joriy etildi

O‘zbekiston armiyasida yangi harbiy unvonlar joriy etildi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, endilikda yosh harbiy xizmatchilarga yuqori darajali kasbiy sifatlarga ega bo‘lgan, tayyorgarligi eng yaxshi harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar faxriylari orasidan murabbiylar biriktiriladi.

 Shu bilan birga, quyidagi harbiy unvonlar joriy etildi:

 «III darajali serjant» - 3 yil;

«II darajali serjant» - 4 yil;

«I darajali serjant» - 5 yil.

Shuningdek, o‘qish davomiyligi 5 yil bo‘lgan oliy harbiy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari uchun «leytenant» harbiy unvonini olish uchun xizmat muddati 1 yil etib belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring