Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zavtosanoat» boshqaruvi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

«O‘zavtosanoat» boshqaruvi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Sardor Tojiyev «O‘zavtosanoat» boshqaruvi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Yagona korporativ ma’lumot portalida ma’lumot berilgan, deb xabar berdi «Spot» nashri.

Sardor Tojiyev kompaniya raisining rivojlanish va marketing bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ladi. Tegishli qaror 3 yanvar kuni kompaniyaning yagona aksioneri — O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan qabul qilingan. «O‘zavtosanoat» rahbariga Sardor Tojiyev bilan mehnat shartnomasini tuzish va uning yangi lavozimdagi ish haqi miqdorini belgilash topshirilgan.

Ushbu tayinlovga qadar Sardor Tojiyev «O‘zavtosanoat»ning strategik rejalashtirish bo‘limini boshqargan. Kompaniya raisining rivojlanish va marketing bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida esa ilgari Umidjon Salimov ishlagan. Nashrning xabar berishicha, u allaqachon kompaniyani tark etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring