Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zagroinspeksiya» xodimlari ham «toshkentlik» bo‘ladi

«O‘zagroinspeksiya» xodimlari ham «toshkentlik» bo‘ladi

Xabar.uz

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 575-son qaroriga asosan, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari ham endi Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lishlari mumkin.

Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimos noma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga shunday qo‘shimcha band qiritilgan.

Toshkent shahrida doimiy propiskaga o‘tish diskriminatsiya darajasiga yetib borganini ekspertlar ham ta’kidlashgan. Aholi o‘rtasida propiskaga kirgan insonga hazil-kinoya aralash «toshkentlik» bo‘libsan-da, deyish norasmiy urfga kirgan.

Hozirgacha xodimlarini doimiy propiskaga qo‘yish huquqiga ega tashkilotlar soni 87 taga yetdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring