Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ota-onasi tashlab ketgan uch chaqaloq Moskva tug‘ruqxonasidan yurtimizga olib kelindi

Ota-onasi tashlab ketgan uch chaqaloq Moskva tug‘ruqxonasidan yurtimizga olib kelindi

Foto: «Google.com»

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi xodimlari Moskva shahridagi tug‘ruqxonadan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan uch go‘dakni yurtimizga olib keldi. «O‘zbekiston 24» kanali lavhasida xabar qilinishicha, ota-onasi chaqaloqlardan tug‘ruqxonaning o‘zida voz kechgan.

Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari tomonidan xorijda bolalaridan voz kechish holatlari uchrab turadi. 2018-yil yakunlariga ko‘ra IIBB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga ota-onasi voz kechgan 45 nafar bolalar MDH davlatlaridan olib kelingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring