Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oskarga munosib. Kelin asal oyidan so‘ng fosh bo‘ldi

Oskarga munosib. Kelin asal oyidan so‘ng fosh bo‘ldi

Foto: «RIA»

Britaniyalik ayol orzusidagi to‘yni o‘tkazish uchun do‘stlaridan xayriya orqali kerakli pul to‘plash niyatida o‘zini saraton kasalligining oxirgi bosqichidan qiynalayotgandek ko‘rsatdi, deb yozadi «Daily Mail» gazetasi.

29 yoshli Toni Stenden sochini kalga oldirib, intervyu bergan: u o‘zini o‘ta xavfli kasallikning oxirgi bosqichidan azob tortayotgandek ko‘rsatgan.

«Saraton boshimga, suyaklarimga yetib bordi, u hamma joyimni chulg‘ab olgan», — deydi ayol yig‘lamsirab.

Bundan ta’sirlangan do‘stlari Stenden va qallig‘i Jeymsga orzularidagi to‘yni sovg‘a qilishga ahd qilishdi va 8,5 ming funt sterling (taxminan 118 million so‘m) to‘plab berishdi. Kelin-kuyov turmush qurishgach, asal oyini o‘tkazish uchun Turkiyaga jo‘nab ketishdi.

Biroq ko‘p o‘tmay Stendenning yolg‘oni fosh bo‘ldi.

«U shu darajada qoyil qilib o‘ynadiki, Oskar olishi mumkin edi. U hammamizni boplab aldadi», — dedi kelinning dugonalaridan biri.

Firibgarligini tan olgandan so‘ng Stenden qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Sud to‘plangan mablag‘ni qaytarishni ham talab qilishi turgan gap.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring