Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ortiqxo‘jayevning tasdiqlangani muddatidan avval e’lon qilib yuborildi

Ortiqxo‘jayevning tasdiqlangani muddatidan avval e’lon qilib yuborildi

Foto: Poytaxt hokimligi matbuot xizmati

Bugun, 13-yanvar kuni Toshkent shahar hokimligida bosh vazir Abdulla Aripov ishtirokida hokimni tasdiqlash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilayotgani haqida xabar bergandik.

Ma’lum bo‘lishicha, poytaxt hokimligi matbuot xizmati Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahar hokimi lavozimiga qayta tasdiqlanganini muddatidan avval e’lon qilib yuborgan.

Yig‘ilishda ishtirok etayotgan «Xabar.uz» muxbirining aytishicha, hali hokimni tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqilgani yo‘q. Ayni paytda sessiya ishida tanaffus davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring