Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jahongir Ortiqxo‘jayevga maslahatchi tayinlandi

Jahongir Ortiqxo‘jayevga maslahatchi tayinlandi

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Kozimjon Hasanov Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi boshlig‘i — Toshkent shahar hokimining ta’lim va tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Kozimjon Hasanov 1997-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini, 2000-yilda Toshkent davlat texnika universiteti, 2004-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.

Hozirga qadar qator mas’ul lavozimlarda ishlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring