Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Opa-singil Karimovalar yana ijtimoiy tarmoqlar markazida!

Opa-singil Karimovalar yana ijtimoiy tarmoqlar markazida!

Gulnora va Lola Karimovalar.

Gulnora va Lola Karimovalar yana ijtimoiy tarmoqlarning diqqat markaziga tushdi. Avvaliga to‘ng‘ich Karimovaning o‘g‘li — kichik Islom Karimov «Instagram»dagi sahifasida onasi haqida ancha nekbin fikrlar ma’lum qildi. Ya’niki: «Mamlakatimizning yangi rahbariyati tashabbusiga ko‘ra ko‘plab yangi loyihalar amalga oshirilyapti va ular O‘zbekistonga yaxshiroq kelajakni ta’minlaydigan qudratli bazani qurishga imkoniyat beradi. Shuning uchun onam moliyaviy va jismoniy tomondan qo‘lidan kelganicha mamlakatdagi yangi o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi». Gap orasida kichik Karimov onasi «...ta’lim sohasi, yoshlarga ajratilgan grantlar, ayollar sog‘lig‘i va moda yo‘nalishlarida katta ishlar qilingani», shuningdek: «...ertangi yorug‘ kelajakka ishonishi»ni alohida urg‘ulaydi.

Bu xabar hali sovib ulgurmay Lola Karimova «Instagram»dagi sahifasida ko‘rinish berib, savobli ishga qo‘l urayotganini ma’lum qildi: «Biz Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘inlari oqibatida jabrlangan to‘rt oyoqlilarga yordam ko‘rsatish tariqasida itlarni qutqaruvchi «Wars and walks» tashkilotini qo‘llab-quvvatlashdan mamnunmiz!»

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring