Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oliy sud tarkibida o‘zgarishlar. Besh yilga «kesilgan» Dehqonov o‘rniga yangi o‘rinbosar saylandi

Oliy sud tarkibida o‘zgarishlar. Besh yilga «kesilgan» Dehqonov o‘rniga yangi o‘rinbosar saylandi

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 23-yalpi majlisida Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish masalasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda «Kun.uz» o‘z manbalariga tayanib, xabar berdi. Unga ko‘ra, Oliy sud a’zoligiga to‘rt nafar nomzod Konstitutsiyaning 93-moddasi va «Sudlar to‘g‘risida»gi qonunning 63-moddasiga asosan, prezident taqdimnomasiga binoan Senatda ovozga qo‘yildi. Shu tariqa senatorlar Raxat Aminbayevich Ismaylov, Sanobar Tursunovna Mamadaliyeva, Shamsiddin Mamarejebovich Tojiyevni o‘n yil muddatga Oliy sud sudyasi lavozimiga sayladilar.

Oliy sud tarkibidagi yana bir e’tiborga molik o‘zgarish bu - Ikrom To‘xtamurodovich Muslimovni muddatsiz davrga Oliy sud raisi o‘rinbosari, Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga saylanishidir.

Ma’lumki, avval mazkur lavozimda ishlagan Bahodir Dehqonov hibsga olinib, DXX sobiq raisi I. Abdullayev jinoyat ishi doirasida  aybdor deb topilishi ortidan besh yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring