Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Olimlar: issiq havo ayollar uchun foydali

Olimlar: issiq havo ayollar uchun foydali

Foto: «Gismeteo»

Janubiy Kaliforniya (AQSh) universiteti olimlari issiq havoning ayollar uchun yashirin foydasini aniqlashdi. Aniqlanishicha, aynan yuqori haroratlarda ayollarning mehnat unumdorligi osharkan. Erkaklarga esa bunaqa issiqdan foyda yo‘q.

Bu shunchaki gaplar emas — tadqiqotlarda 500 nafar erkak-ayol qatnashdi. Ularning barchasiga kichik testdan o‘tish taklif etildi. Barcha ko‘ngillilarga ikki xonali sonlarni og‘zaki qo‘shib hisoblash, tasodifiy harflardan so‘zlar yasash, mantiqiy topishmoqlarni yechish vazifalari topshirildi. Va bu sinov davomida ular o‘tirgan xona harorati Selsiy bo‘yicha 16 dan 32 darajagacha chiqarildi.

Tadqiqotda ma’lum bo‘lishicha, yuqori haroratda ayollar topshiriqlarni yaxshiroq uddalashdi, aksincha, erkaklar topshiriqlarni past haroratda yaxshiroq bajarishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring