Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Oila — eng ulug‘ qadriyat» respublika tanlovi g‘oliblari aniqlandi

«Oila — eng ulug‘ qadriyat» respublika tanlovi g‘oliblari aniqlandi

15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Jurnalistlar ijodiy uyushmasi hamda «O‘zbekkino» milliy agentligi bilan hamkorlikda e’lon qilingan «Oila — eng ulug‘ qadriyat» respublika tanlovi g‘oliblari aniqlandi. 

Eng yaxshi maqola, eng yaxshi ijtimoiy rolik, eng yaxshi hujjatli va badiiy film yo‘nalishi bo‘yicha e’lon qilingan respublika tanlovida respublikamizda ijod qilayotgan jurnalistlar va ijodkorlar ishtirok etishdi.

Tanlovning «Eng yaxshi maqola» yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘ringa Sadoqat Maxsumova («Mahalla» gazetasi muxbiri), 2-o‘ringa Munisxon Karimova («Xalq so‘zi» gazetasi muxbiri), 3-o‘ringa Nargiza Umarova («Yoshlar ovozi» gazetasi muxbiri) loyiq deb topildi.

Tanlovning «Eng yaxshi hujjatli va badiiy film» yo‘nalishida Umid Hamdamov «Issiq non» filmi uchun (1-o‘rin), Ahmed Unarbayev «Opa» filmi uchun (2-o‘rin), Samiddin Lutfullayev «Qora zarba» filmi uchun (3-o‘rin) taqdirlandilar.

«Eng yaxshi ijtimoiy roliklar» yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rin Yulduz Usmonovaga, 2-o‘rin Nafosat Erkayevaga, 3-o‘rin Gulandom Yunusovaga berildi.

G‘oliblar 15-may kuni poytaxtimizning «Central Park» istirohat bog‘ida «Ahil oilalar tashrifi» munosabati bilan tashkil etilgan bayram dasturida «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazining diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring