Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Odamlar jamoaviy yurishlari kerak emas». Andijondagi ommaviy tadbir tanqid qilindi

«Odamlar jamoaviy yurishlari kerak emas». Andijondagi ommaviy tadbir tanqid qilindi

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botirjon Qurbonov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

– Sog‘lom hayot sari 5000 qadam loyihasining karantin paytida o‘tkazilishi qanchalik to‘g‘ri? O‘zi har kuni telivideniyeda uyda o‘tiring deb aytilayotgan bo‘lsa?

– 5000 qadam loyihasi ommaviy bo‘lmasligi kerak. Ya’ni odamlar jamoaviy yurishlari emas, balki har bir shaxs karantin qoidalariga rioya qilgan holda va ijtimoiy masofani saqlagan holda o‘zi uchun kuniga 5000 qadam piyoda yursa, sog‘lig‘i uchun foydadan xoli bo‘lmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan va «SES» ruxsat berdi» degan xabarlar hech qanday asosga ega emas.

Ommaviy tadbirlar Respublika maxsus komissiyasining tegishli qarorlari bilan bekor qilingan va bu kabi tadbirlarni o‘tkazishga ruxsat berish Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi hamda uning hududiy markazlari vakolatiga kirmaydi.

Ammo agentligimiz koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish bo‘yicha profilaktik, epidemiyaga qarshi, shuningdek insonlarni salomatligini mustahkamlash borasidagi zarur talab va tavsiyalarni ishlab chiqadi, bu jihatdan mazkur masalalarni muvofiqlashtiruvchi yetkachi hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring