Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nurmat Otabekov yangi lavozimga tayinlandi

Nurmat Otabekov yangi lavozimga tayinlandi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosarlari tayinlandi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (08.10.2020 y. №630) qaroriga ko‘ra, Otabekov Nurmat Satiniyazovich Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Nurmat Otabekov bunga qadar Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan edi.

Prezidentning iyul oyidagi farmonga muvofiq, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi tugatilib, ularning o‘rnida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tashkil qilingandi.

Shuningdek, yangi tayinlovga ko‘ra, Norboyev Xolmamat Nuraliyevich Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, Kurbanov Botirjon Juraboyevich hamda Hayitov Qobuljon Isoqulovichlar boshliq o‘rinbosarlari etib tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Bahodir Kahramonovich Yusupaliyev O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari – Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlangani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring