Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nukusda kamchiligi aniqlangan uyning devori buzib tashlandi

Nukusda kamchiligi aniqlangan uyning devori buzib tashlandi

Foto: «Uza.uz»

Nukus shahri Tatibayev ko‘chasi bo‘yida qurilayotgan ko‘p qavatli turar joy binosida kamchiliklar aniqlanib, binoning devorlari qayta tiklash uchun buzib tashlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur ob’yektning loyiha hujjatlari «Arx energo proyekt» MChJ tomonidan ishlab chiqilgan, quruvchi esa «Nukus Shaxzoda Afruz» MChJ. Qurilayotgan 5 qavatli ko‘p zonali turor joy binosining qurilish-montaj ishlaridagi kamchiliklarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi aniqlagan.

«Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida binoda olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari to‘xtatilib, turor joy binosining devorlari qayta tiklash uchun buzilmoqda», deyiladi vazirlik matbuoti xabarida.

Avvalroq mahalliy internet nashrlarda va ijtimoiy tarmoqlarda «shaharda yangi qurilayotgan ko‘p qavatli turar joy binosining 3-4-qavatlari qulab tushganga o‘xshaydi. Binoning qulab tushgan qismi mato bilan yopib qo‘yilgan. Qulab tushgan temir beton plitalari yuk mashinasida tashib ketilmoqda» degan xabar tarqalgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring