Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Norozi bo‘lsangiz yuqoriga yozing deydi. Yuqoriga yozsang...»

«Norozi bo‘lsangiz yuqoriga yozing deydi. Yuqoriga yozsang...»

Foto: «Xabar.uz»

Siz ko‘rib turgan suratlarda  Surxondaryo viloyati Angor tumani Oxunboboyev MFY «Fidokorlar» ko‘chasining qish va bahor oylaridagi oddiy manzarasi aks ettirilgan.

Foto: «Xabar.uz»
Foto: «Xabar.uz»

Ahvol yuzasidan  tuman, viloyat hokimligiga necha bor yozildi. Javoblar  deyarli bir xil, qisqa va lo‘nda va’dadan so‘ng: «Agar ushbudan norozi  bo‘lsangiz yuqori tashkilotga murojaat qilishingiz mumkin»,  deyish unutilmaydi.

Yuqoriga yozasiz. Biroq shikoyatingiz aylanib-aylanib yana quyiga — Sizga yuqoriga yozish mumkligini eslatgan tashkilotga tushadi.  U esa avval yuborgan javobini qayta ko‘chiradi.  Xat so‘ngida yana o‘sha eski gap: «Ushbudan norozi bo‘lsangiz yuqoriga...»

Ariza-murojaatlar «yuqoridan — quyiga, quyidan yuqoriga» aylanaveradi,  fasllar o‘taveradi: qish, bahor, yoz, kuz...

Yozning jaziramasida tuprog‘u changga to‘lgan ko‘cha kuzga borib, loyga, botqoqqa aylandi. Endi bu ko‘cha istiqomat qiluvchi yoshi ulug‘ nuroniylar, yosh bolalarning ahvolini tasavvur qilavering. Piyoda yurish katta zahmat bo‘lgan ko‘chaga «Tez yordam» kirishini ko‘z oldingizga keltira olasizmi? Boshqasini qo‘ying...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring