Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nogironlar «Saxovat» uyidan chiqib, bozorda tilanchilik qilganmidi?

Nogironlar «Saxovat» uyidan chiqib, bozorda tilanchilik qilganmidi?

Foto: «Google.com»

«Jamiyat» gazetasida chop etilgan «Saxovat» uyidan qochsa bo‘ladimi?» sarlavhali maqola yuzasidan Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati tomonidan munosabat bildirildi.

Munosabatda bildirilishicha, Ohangaron «Saxovat» keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uyida 98 nafar qariyalar va 72 nafar 1 hamda 2-guruh nogironlari, jami 170 nafar keksa va nogironlar istiqomat qiladi. Muassasada istiqomatchilar uchun besh mahal issiq ovqat, kiyim-kechak, issiq xonalar hamda ularning yaxshi yashashlari uchun boshqa barcha sharoitlar yaratilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-avgustdagi 240-sonli qarori talablaridan kelib chiqib, Ohangaron «Saxovat» keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uyi ustavi tasdiqlangan. Ustavda internat uyiga vasiylikka olingan qariya va nogironlarning huquq va majburiyatlari belgilab berilgan. Ya’ni ustavning 32-bandiga ko‘ra, vasiylikka olinganlar «Saxovat» internat uyi hududidan tashqariga chiqishi faqat internat uyi rahbariyatining ruxsati bilan amalga oshiriladi. Vasiylikka olingan fuqaro o‘zboshimchalik bilan «Saxovat» internat uyi tashqarisiga chiqqan taqdirda ma’muriyat ushbu holat qayd etilgan vaqtdan boshlab zudlik bilan bu haqda ichki ishlar hamda sog‘liqni saqlash organlariga xabar qilinishi belgilab qo‘yilgan.

Muassasada yashovchi nogironlar G‘.Marupov hamda V.Konovalov doimiy ruxsatnoma bilan bozor hududiga chiqishgan va tilanchilik bilan shug‘ullanishgan. Maqolada aytilganidek, bozor ma’muriyati internat uyiga bir necha marta emas, balki shu holat yuz bergan sanada birinchi marta yozma murojaat qilgan.

Internat uyida gazetada chop etilgan maqola yuzasidan 2019-yil 16-noyabr kuni muassasa xodimlari hamda vasiylikka olinganlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda internat uyida istiqomat qiluvchilar bilan tushuntirish ishlari olib borilib, noxush vaziyatlarning oldini olish chora-tadbirlari belgilab olindi. Ya’ni endilikda vasiylikka olingan fuqarolarga beriladigan doimiy ruxsatnomalar bekor qilinib, kunlik ruxsatnomalar berish tartibi yo‘lga qo‘yiladigan bo‘ldi. Shuningdek, vasiylikka olinganlardan kafolat xati olinib, alohida nazoratchi biriktirilgan holda tashqariga chiqishlariga ruxsat berilishi amalga oshiriladi. Ushbu holat takrorlanmasligi uchun muassasa ma’muriyati vaziyatni to‘liq o‘z nazoratiga oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring