Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nega ayrim kashandalar saraton xastaligiga chalinmaydi?

Nega ayrim kashandalar saraton xastaligiga chalinmaydi?

Foto: TPM

Nega doim sog‘lom turmush tarziga rioya qiladigan odamlar orasida ham onkologik kasalliklarga chalinuvchilar ko‘p uchraydi va aksincha, ayrim ashaddiy kashandalarga bu xastaliklar begona? Albatta, savolning bunday qo‘yilishi noto‘g‘ri. Faqat uzoq yillardan beri izlanayotgan, muammoning ildizini topishga urinayotgan olimlar uchun emas. Ular ham, nihoyat, savolga jo‘yaliroq javob topishgan ko‘rinadi.

«Comments.ua» yozishicha, kanadalik va xitoylik olimlar birgalikda o‘tkazgan tadqiqotlar yakunida insonlarda onkologik kasalliklarning rivojlanish xavfi yuqori yoki pastligi tug‘ma bo‘ladi, degan xulosaga kelingan.

Olimlar «yettita genetik iz»ni aniqlashgan: ular insonlarni o‘sma xastaliklari rivojlanishidan himoyalaydi yoki aksincha, bu xavfning yanada kuchayishiga xizmat qiladi. Qo‘shtadqiqot ko‘lami hazilkam emas: qariyb 10 ming nafar onkobemor va 16 ming nafar sog‘lom odamning genomlarini tahlildan o‘tkazishgan.

O‘sma xastaliklarining eng ko‘p tarqagan turlari — o‘pka, sut bezi, miya, oshqozon osti va oshqozon saratonlari o‘rganilgan.

«Bola homila paytidayoq shakllangan genom patterni bilan dunyoga keladi, bu uning umri davomida o‘zgarmaydi, saraton xavfi yuqori yoki past bo‘lishini belgilab beradi... Ayrim odamlar noto‘g‘ri turmush tarzi bilan ham saratonga chalinmasligi sababini, ehtimol ushbu kashfiyot tushuntirib berar», — deydi olimlardan biri Edvin Vang.

«Yetti gen»ga qaytamiz: olimlar shularning orasidan faqat bittasigina onkologik kasalliklardan qalqon vazifasini bajara olishiga ishonishmoqda, qolgan oltitasi esa, aksincha, inson o‘sma xastaliklaridan bir umrga kafolatlanmaganini bildirib turadi, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring