Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navoiyda mahalla raislari sayloviga tayyorgarlik qanday ketmoqda?

Navoiyda mahalla raislari sayloviga tayyorgarlik qanday ketmoqda?

Foto:«Xabar.uz»

Navoiy shahridan Toshkentgacha bo‘lgan masofa 500 kilometrdan oshiqroqni tashkil etadi. Viloyatning eng chekka hududiga borish uchun esa Navoiydan salkam 600 kilometr yo‘l bosish kerak. Bu viloyat qanchalik ulkan  hududni egallaganiga bir misol xolos.

Hademay mahalla raislari saylovi boshlanadi. Bu muhim siyosiy jarayonga tayyorgarlik ishlari yuqori saviyada tashkil etildi. Birgina Navoiy viloyati misolida buni sharhlaydigan bo‘lsak, mavjud 307 ta o‘zini o‘zi boshqarish organlarida saylov o‘tkazish uchun ishchi guruhlari tuzilib, ular xalq orasida yurib, nomzodlarni o‘rganib, 307 ta mahalla raisligiga 1 369 nafar nomzod ko‘rsatildi.

Shulardan 180 tasi hozir faoliyat olib borayotgan mahalla raislaridir. Faoliyat olib borayotgan mahalla raislarining 242 nafari oliy ma’lumotga ega. Tuzilgan ishchi guruhlari faqat saylov jarayonida emas, balki saylovdan keyingi uch yil davomida mahalla bilan birga faoliyat yuritishi ham qonundagi yangiliklardan.

Mavjud 8 ta tuman va 2 ta shaharda mahalla raisligiga ko‘rsatilgan barcha nomzodlar bilan uchrashuv va suhbatlar o‘tkazildi, kerakli tavsiyalar berildi.

–Viloyatimizda saylov jarayoni 2 maydan boshlanadi,–deydi suhbatdoshimiz Navoiy viloyat Mahallalar Kengashi tashkiliy-uslubiy sho‘’ba mudiri Husniddin Nuritdinov.- Buning uchun barcha hozirliklar ko‘rilgan. Saylov jarayonida mabodo nomzodlar yetarli ovoz ololmasa, uch nomzoddan kam ovoz olgani chiqib ketadi va qolgan ikki nomzod uchun shu kunning o‘zida qayta saylov o‘tkaziladi. Byulletenlarni qayta chiqarish uchun axborot kommunikatsiya texnologiyalari tayyor turibdi. Mabodo ikki nomzod ham yetarli ovoz ololmasa, unda bu ikkala nomzod umuman chiqarilib, o‘rniga yangi nomzodlar tanlab qo‘yilishi va boshqa kuni saylov o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan. 

Mahalla fuqarolarimizning nafaqat quvonchu tashvishlariga sherik bo‘ladigan ta’sirchan ijtimoiy fuqarolik idorasi, balki yurtimiz ramzi sifatida ham yuksak ahamiyatga ega. Shunday ekan, bu tizimga faqat elu yurtga munosiblar saylanishi lozim.

Marusa Hosilova

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring