Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«AKFA» o‘rniga «Vesta plast». Norozi fuqaro tegishli tashkilotga murojaat bilan chiqdi

«AKFA» o‘rniga «Vesta plast». Norozi fuqaro tegishli tashkilotga murojaat bilan chiqdi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Navoiy viloyat hududiy birlashmasiga Xatirchi tumanida yashovchi fuqaro L.Teshayev murojaat qildi.

Murojaatda keltirilishicha fuqaro xonadoni «AKFA» eshik-romlari o‘rnatish maqsadida YaTT A.Zayniddinov bilan o‘zaro og‘zaki shartnoma orqali 13 700 000 so‘mlik «AKFA» eshik-romlarini xonadoniga o‘rnatishga kelishib olishgan.

Ammo YaTT xodimlari «AKFA» eshik-romlarini o‘rniga boshqa turdagi «Vesta plast» eshik-romlarini o‘rnatgan. Shuningdek xizmat o‘ta sifatsiz bajarilgan. Bundan norozi bo‘lgan fuqaro bir necha bor YaTT A.Zayniddinovga murojaat qilsada aniq javob ololmayotganidan norozi bo‘lib jamiyatga shikoyat arizasi bilan murojat qildi. Ushbu murojaat jamiyat xodimlari tomonidan YaTT A.Zayniddinov ishtirokida o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijasida fuqaroning xonadoniga o‘rnatilgan eshik-romlar boshqa turdagi va sifatsiz o‘rnatilganligi, fuqaroning e’tirozlari o‘rinli ekanligi aniqlandi. YaTT A.Zayniddinov tomonidan fuqaroning xonadoniga o‘rnatilgan boshqa turdagi eshik-romlar o‘rniga haqiqiy «AKFA» eshik-romlari sifatli tarzda o‘rnattirilib berilib iste’molchiga yetkazilishi mumkin bo‘lgan 13 700 000 so‘mlik moddiy zararni oldi olindi va yana bir iste’molchini murojaat ijobiy hal etib berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring