Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiy viloyatida yangi shahar tashkil etildi

Navoiy viloyatida yangi shahar tashkil etildi

«Navoiy viloyati tarkibida G‘ozg‘on shahar hokimligini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Navoiy viloyati tarkibida viloyat bo‘ysunuvidagi G‘ozg‘on shahar hokimligi tashkil etildi.

Qaror bilan, G‘ozg‘on shahar hokimligi boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi hamda davlat organlari va tashkilotlarining bo‘linmalari va boshqaruv xodimlari soni tasdiqlandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tegishli qarorlari bilan Navoiy viloyati Nurota tumanidagi G‘ozg‘on shaharchasi G‘ozg‘on shahri etib o‘zgartirilib, G‘ozg‘on shahri viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring