Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiy davlat xizmatlari markazida sohadagi yangiliklar muhokama qilindi

Navoiy davlat xizmatlari markazida sohadagi yangiliklar muhokama qilindi

Davlat xizmatlari agentligining Navoiy viloyati boshqarmasida 6 oy davomida amalga oshirilgan ishlar, sohaga kiritilayotgan yangi xizmat turlari muhokama etildi. Unda gazeta, televideniye, radio, internet, ijtimoiy tarmoqlarda respublika va viloyat bo‘yicha faoliyat olib borayotgan jurnalistlar ishtirok etdi.

Tadbirda OAV vakillari uchun shunchaki hisobot berilmadi, fuqarolarga davlat xizmati ko‘rsatishda boshqa davlat organlari yo‘l qo‘yayotgan qoidabuzarliklar, muammolar yuzasidan ma’lumotlar ham berildi. O‘z o‘rnida jurnalistlar kuzatayotgan kamchiliklar ham tahlil etildi. Konferensiya yakunida jurnalistlarga kasb bayrami munosabati bilan  tashakkurnomalar  diplom  va  esdalik sovg‘alari ham topshirildi.

Shundan so‘ng konferensiya presc-turga ulanib, jurnalistlar viloyatdagi Navoiy shahar, Konimex va Nurota tumanlarida yangidan barpo etilgan markazlarga tashrif buyurib,  «Davlat xizmatlari markazlarida bir kun» rukni ostida radio va telelavhalar, reportajlar, turkum maqolalar tayyorladilar. 

Kun yakunida jurnalistlar Nurotaning  «Chashma» me’moriy obidasini ziyorat qildilar. DXA Navoiy viloyati boshqarmasidan ma’lum qilinishicha, OAV vakillari uchun tashkil etilgan bunday mediatur yana davom etadi. 

 Nodira Samandarova

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring