Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Narx-navolar qat’iy nazoratga olindi. Poytaxtdagi bozorlarga Bosh prokuratura vakillari biriktirildi

Narx-navolar qat’iy nazoratga olindi. Poytaxtdagi  bozorlarga Bosh prokuratura vakillari biriktirildi

Foto: Toshkent shahar prokuraturasi matbuot xizmati

Bozorlarga oziq-ovqat mahsulotlari uzluksiz yetkazib berilishi va narx-navo sun’iy oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha  Bosh prokuratura tomonidan alohida tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Bu haqda «Xabar.uz»ga mahkama matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, bugundan (30-mart) Toshkentdagi 13 ta dehqon bozorining har biriga Bosh prokuratura boshqarma boshliqlari biriktirilgan. Ular tomonidan  qat’iy rejimda narx-navoning haqqoniy ahvoli joyiga chiqqan holda o‘rganib borilmoqda. Iste’mol bozorida narxlarni asossiz ravishda oshirmaslik bo‘yicha izchil tushuntirish tadbirlari o‘tkazilayotir. Narxlarni oshirmaslik haqida tadbirkorlardan kafolat xatlari olinib, aks holda, tegishli ravishda javobgarlikka tortilishi bo‘yicha ogohlantirilmoqda.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring