Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Namanganning sobiq hokimiga orden berildi

Namanganning sobiq hokimiga orden berildi

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga ko‘ra, Namangan viloyatining sobiq hokimi Ikromxon Najmiddinov «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlandi.

Respublika «Nuroniy» jamoat fondi viloyat bo‘limi boshlig‘i, Oliy Majlis Senati a’zosi Ikromxon Najmiddinovning 70 yoshga to‘lishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov ishtirok etdi hamda davlat rahbarining Farmonini o‘qib eshittirdi va mukofotni topshirdi.

Tadbirda Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov, Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, mehnat faxriysi Botirali Hakimov, Oliy Majlis Senati qo‘mita raisi Bahodir Tojiyev va boshqalar ham so‘zga chiqishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring