Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda is gazidan bir oila zaharlandi, ona va ikki farzandi vafot etgan

Namanganda is gazidan bir oila zaharlandi, ona va ikki farzandi vafot etgan

Foto: FVV

2019 yil 17 noyabr kuni soat 03:10larda Namangan viloyati Uychi tumani «Do‘stlik» MFY, Mirishkor ko‘chasidagi uyda bir oilaning 4 a’zosi is gazidan zaharlandi. Bu haqda favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Voqea joyida is gazidan zaharlanganlarning 3 nafari vafot etgan (xonadon sohibining turmush o‘rtog‘i va ikki nafar farzandi), oila boshlig‘i tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

Mazkur mudhish voqea sabablari o‘rganilganda, gaz uskunalaridan va isitish moslamalaridan foydalanishda yong‘in va xavfsizlik talablariga rioya qilinmagani aniqlandi. Xonadonda qo‘lbola yasalgan isitish pechiga propan gaz balloni rezina shlang orqali ulanib uy ichida foydalanilgan, natijada is gazi hosil bo‘lib, fuqarolar uxlab yotgan vaqtlarida zaharlangan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Aziz hamyurtlar!

Kirib kelayotgan isitish mavsumida gaz va boshqa muqobil yoqilg‘i turlaridan xavfsiz foydalanish qoidalariga amal qiling. Qo‘lbola va sertifikatlanmagan isitish anjomlaridan foydalanmang. Is gazidan zaharlanishdan o‘zingiz va yaqinlaringizni asrang.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring