Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda 89 yoshli onaxonga tug‘ilganlik haqida guvohnoma berildi

Namanganda 89 yoshli onaxonga tug‘ilganlik haqida guvohnoma berildi

Foto: Namangan viloyati DXM matbuot xizmati

Chortoq tumani, Xazratishox qishlog‘i Namangan viloyat markazidan 70, tuman markazidan esa 50 kilometr uzoqlikda joylashgan xudud. Mazkur qishloqda yashovchi fuqarolarning uzog‘ini yaqin qilish maqsadida Chortoq tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari muntazzam tarzda sayyor davlat xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqdalar.

Bu gal tuman fuqarolik xolati dalolatnomalarini yozish bo‘limi bilan xamkorlikda 89 yoshni qarshilagan Ayimxon aya Masharipovaga tug‘ilganlik haqida guvohnoma tantanali ravishda topshirildi. Bu haqda Namangan viloyati DXM matbuot xizmati xabar berdi. 

89 yoshni qoralagan Ayimxon aya shu paytgacha tug‘ilganlik haqida guvohnamasiz yashab kelayotgan edi. Bu yil Umra safariga otlangan onaxoning xujjatlarida kamchilik bo‘lgani bois, Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaga ehtiyoj sezadi va Chortoq tuman FHDYo bo‘limiga murojaat qilgan.

Mazkur murojaat ijobiy xal etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring