Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zbekiston havo yo‘llari» «Haj-2019» parvozlarini boshlaydi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» «Haj-2019» parvozlarini boshlaydi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi 24 iyuldan boshlab «Xadj-2019» dasturi bo‘yicha parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Katta Hajni amalga oshirmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik ziyoratchilar Boeing-767 samolyotlarida 3 avgustga qadar Saudiya Arabistonining Madina shahriga yetkaziladi. Ziyoratchilarning Jidda shahridan O‘zbekistonga qaytishi 17 avgustdan 1 sentyabrga qadar rejalashtirilgan.

Aerovokzallarda ibodat xonalari joylashgan bo‘lib, maxsus ishchi guruh ziyoratchilarga ro‘yxatdan o‘tish va boshqa bojxona rasmiyatchiliklarida ko‘mak beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring