Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muftiy Usmonxon Alimov Misrga jo‘nab ketdi

Muftiy Usmonxon Alimov Misrga jo‘nab ketdi

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov 8-yanvar kuni Misr Arab Respublikasiga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi Misrning al-Azhar majmuasi bilan diniy kadrlar tayyorlash, ularning kasb-mahoratini oshirish, xalqaro konferensiya va seminarlar o‘tkazishga oid diniy-ma’rifiy sohadagi hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.

Shuningdek, al-Azhar majmuasi hamda O‘zbekistondagi diniy sohaga oid markazlar o‘rtasida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi «Yo‘l xaritasi»ni imzolash, al-Azhar majmuasi rahbari Shayx Ahmad Toyyib va al-Azhar universiteti rektori bilan uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston delegatsiyasi al-Azhar universiteti va boshqa ilmiy muassasalarda keng jamoatchilik ishtirokida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida takdimotlar o‘tkazishi mo‘ljallangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring