Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mudofaa vazirligidan ketgan general Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari bo‘ldi

Mudofaa vazirligidan ketgan general Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari bo‘ldi

General-mayor Ikramov Azizbek Isroilovich O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan general-mayor Azizbek Ikramov boshqa lavozimga tayinlanganligi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etilgani xabar qilingandi.

General-mayor Mudofaa vazirligi tizimidagi faoliyatiga qadar Ichki ishlar vazirligi tizimida xizmat qilgan.

Bunga qadar Ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Muhiddin Jo‘rayev 18-noyabr kuni lavozimidan olingandi. Shu kuni ishdan bo‘shatilgan IIV Qorovul qo‘shinlari sobiq qo‘mondoni general-mayor Dmitriy Pan esa qamoqqa olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring