Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirzo Ulug‘bek ko‘chasining ham bir qismi vaqtincha yopiladi

Mirzo Ulug‘bek ko‘chasining ham bir qismi vaqtincha yopiladi

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

«Toshkent shahrida kuzatiladigan yog‘ingarchilik oqibatida hududlarda suv to‘planib qolishining oldini olish maqsadida drenaj tizimlarini reja asosida yangilash va ta’mirlash ko‘zda tutilgan» deya yozmoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

7-iyun kuni Mirzo Ulug‘bek ko‘chasining Parkent va Sultonali Mashhadiy ko‘chalari kesishgan qismidan Sultonali Mashhadiy ko‘chasi bo‘ylab drenaj quvurlari yangilanishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan yo‘lning mazkur qismi 7-iyun kuni soat 23:00dan ertalab soat 06:00gacha bo‘lgan vaqt davomida yopiladi.

Avvalroq, Amir Temur shoh ko‘chasining bir qismi yopilishi xabar qilingan edi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring