Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Milliy tiklanish»da yoppasiga iste’fo kuzatilishi mumkin

«Milliy tiklanish»da yoppasiga iste’fo kuzatilishi mumkin

Foto: «Telegram»

«Milliy tiklanish» gazetasi xodimlari yoppasiga ishdan bo‘shatilishi mumkin. Gazeta bosh muharriri lavozimidan olinib, uning vazifasini partiya raisi o‘rinbosari vaqtincha bajarib kelayotganidan xabaringiz bor.

Gazeta xodimlaridan birining aytishicha, yangi rahbar tahririyat xodimlarga «o‘z xohishiga ko‘ra» ishdan bo‘shashni tavsiya qilgan. Ayni paytda xodimlarning ayrimlari ariza yozgan, ayrimlari esa arosatda. Ular shundog‘am rahbar almashganidan so‘ng tahririyat ishlaridan sun’iy ravishda chetlatib qo‘yilgan. Chunki, bosh muharrir vazifasini ado etayotgan shaxs gazetaning keyingi sonlarini tahririyat idorasida emas, balki boshqa joyda o‘zi birga ishlashni xohlaganlar bilan tayyorlayotgani aytilmoqda.

Darvoqe, gazetaning aynan yangi soni bilan bog‘liq muammo yuzaga kelganidan xabaringiz bor. Ya’nikim, «Milliy tiklanish»ning 39-40 (1038)-sonida senator Maqsuda Vorisovaning yasama surati (karikatura) chop etilishi ortidan Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi uning (M. Vorisovaning) sha’ni va qadr-qimmatini qonunchilikka muvofiq himoya qilishni so‘rab, prokuraturaga murojaat yo‘llagani haqida bayonot bergandi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati tasdiqlashicha, mazkur bayonotdan so‘ng Yunusobod tuman prokuraturasi tekshiruv ishlarini boshlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring