Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident qarori bilan Milliy ofis tashkil etildi

Prezident qarori bilan Milliy ofis tashkil etildi

«Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ-5047-son, 01.04.2021-y.) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi negizida davlat muassasasi shaklidagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferining milliy ofisi (Milliy ofis) tashkil etildi.

Milliy ofis ilmiy faoliyat natijalari, innovatsion mahsulotlar va xizmatlar, shu jumladan yangi qurilmalar, materiallar hamda texnologiyalarni yaratish, joriy etish, ko‘paytirish va ularni tijoratlashtirishni amalga oshiradi.

Milliy ofis bosh direktori innovatsion rivojlanish vazirining taqdimnomasiga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.

Qaror bilan shuningdek, Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring